Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Memorandumda nazarda tutilgan hamkorlik


Hozirgi kunda O‘zR FА Navoiy bo‘limi tarkibida beshta bo‘linma muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy bo‘limi va Birlashgan Millatlarning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumining imzolanishi ularning tegishli sohalarda innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishning yangi istiqbollarini ochdi.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil oshirishga ko‘maklashish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Umumiy maqsadlariga erishish uchun FAO tashkiloti turli o‘tsimon, buta, daraxt va boshqa o‘simliklarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, shuningdek, hayvonlar, qushlar va baliqlarni mahalliylashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va bu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishda Bo‘limni qo‘llab-quvvatlaydi. Bo‘lim esa o‘z navbatida FAO tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy kadrlar salohiyatini jalb etgan holda ilmiy ko‘mak berib boradi.

Ayni vaqtda koronavirus tufayli yuzaga kelgan O‘zbekistonda va dunyo miqyosida hozirgi sanitariya-epidemiologik vaziyat tufayli masofadan turib muzokaralar olib borilmoqda. Xususan, ushbu bosqichda yaylov yerlarining degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanishini oldini olish, cho‘l va yaylov o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirish, shuningdek, qishloq joylarda xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida hunarmandchilikning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va dorivor o‘simliklar yetishtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, bog‘dorchilik, jumladan, uzumchilik sohasida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!