馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Marg始ilon va Samarqand osmonida ko始ringan jism haqida


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda osmonda noma始lum jism uchishi aks etgan videomateriallar tarqaldi. Unga ko始ra ushbu hodisa Marg始ilonda va Samarqandda kuzatilgani aytilmoqda.

 

Mazkur holat bo始yicha Fanlar akademiyasi 袗stronomiya instituti kichik ilmiy xodimi Kamoliddin Ergashev quyidagicha ma始lumot berdi:

袗vvalo Marg始ilonda va Samarqandda olingan videomateriallardagi jismlarning uchish vaqti bir bo始lsada ularning har ikkisi bir obyektga tegishliligi haqida qat始iy xulosa chiqara olmaymiz. Sababi Marg始ilonda olingan videodagi jism qo始shaloq va ortidan o始ziga xos ingichka va xira iz qoldirmoqda. Samarqandda olingan video sifati esa yuqoridagi faktlarni tasdiqlash imkonini bermaydi.

袗gar bu obyektlarni ortidagi xira izdan kometa va uning dumi deb tavsiflashga harakat qilinsa, uning videomaterialdagi nisbiy tezligiga ko始ra bu mumkin emas. Chunki Kometa atmosferadan tashqarida va ancha uzoqda bo始lganligi sababli bunday katta ko始rinma burchak tezlikda harakatlana olmas edi. 袗gar Yerga juda yaqin kometa deb tasavvur qilinsa, bunday kichik o始lcham bilan u ortidagi dumini o始z gravitatsion maydonida tutib tura olmas edi.

Videomaterialdagi jismlarning yorqinligi fluktuatsiyalanuchi yoki portlovchan emas, harakati davomida deyarli o始zgarmas yorqinlikdaligi tufayli bu jismlarni yer atmosferasiga kirib kelgan meteor deb sifatlash ham imkonsiz. Bundan tashqari, uning ko始rinma burchak tezligi meteor uchun juda kichiklik qiladi.

Umuman olganda videomateriallarning sifati va ulardagi dalillar bu obyektlarning tabiati haqida xulosa berishga yetarli emas.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!