Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Madaniy meros obyektlari - millat boyligi


2019-yil 11-iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi, Xorazm Ma’mun akademiyasi ishtirokida “Madaniy meros obyektlarini asrash, qayta tiklash, muhofaza qilish va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

 

Anjumanda Xorazm Ma’mun akademiyasi olimasi, arxitektura fanlari doktori Durdieva Gavhar Salaevna, Xorazm viloyat madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ismoilov Alisher Ibragimovich, Xiva Ichan Qal’a muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi Komiljon Xudayberganov hamda Urganch davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Yulduz Rahmanovalar o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!