Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ko'mir briketlarini ishlab chiqarishda yangi bog'lovchi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Kimyoviy texnologiya va sirt faol moddalar” laboratoriyasi olimlari tomonidan koʼmir briketlarini ishlab chiqarishda qoʼllaniladigan mahalliy xom-ashyo chiqindilari asosida import oʼrnini bosadigan bogʼlovchi yaratildi.

 

Koʼmir briketlarini ishlab chiqarish uchun mahalliy xom-ashyo chiqindilari asosida yangi import oʼrnini bosadigan bogʼlovchi mustahkamlikni taʼminlaydi, issiqlik va yonish vaqtini oshiradi.

Yangi ishlanma ishlab chiqarish chiqindilardan foydalanish va energiyani tejash imkonini beradi, mahsulot tashish, saqlash, ishlatish uchun zarur boʼlgan xususiyatlarga ega.

Sanoat sinovlari “Аngren koʼmir invest”,”Аngren koʼmir ta`minot”, “Namangan koʼmir yetkazuvchi”, “Xorazm koʼmir yetkazuvchi” korxonalarida oʼtkazilib ijobiy natijalar olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!