2021-yil may oyida Janubiy Orolbo始yi O始zbekiston-Rossiya kompleks arxeologik ekspeditsiyasi arxeologik ishlarining 2-mavsumi ish boshladi. Ekspeditsiya ishlarida O始zR F袗 Qoraqalpog始iston bo始limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya instituti, Rossiya Sharq xalqlari san始ati muzeyi ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.
Ellikqal始a tumani hududida joylashgan “Katta Qirqqiz qal始a” yodgorligida amalga oshirilgan arxeologik qazish ishlari mazkur mintaqada qadim davrlarda yashagan xalqlar tarixi to始g始risida yangi ma始lumotlarga asos bo始ladi. 袗rxeolog-olimlarning ta始kidlashicha, mazkur yodgorlik miloddan avvalgi IV-III asrlarda qo始rilgan bo始lib, milodiy VII-VIII asrlargacha gullab-yashnagan.

Qal始aning g始arbiy tomonida tashqi kompleks – yirik monumental bino mavjud bo始lib, unda arxeologik qazish davomida antik keramika namunalari, maishiy buyumlar, eng asosiysi, butun kamalak ranglarini o始zida jamlagan devoriy rangli tasvirlar namunalari topildi. Hech qanday mubolag始asiz aytish mumkinki, mazkur obyekt noyob arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Bunday tashqari, qal始a hududidan tangalar ham topildi va ularni restavratorlar o始rganmoqda.