Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Janubiy Koreya olimlari bilan ilmiy hamkorlik


5 mart kuni O’zR FA Materialshunoslik institutida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) vakillari va Koreyaning nodir metallar instituti (KIRAM) olimlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Olimlar ilmiy natijalarni tijoratlashtirish bo'yicha tajriba almashishdi va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va KIRAM (Koreya) o'rtasida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish haqida kelishib oldilar. Hamkorlik mutaxassislar va yosh olimlarning ilmiy faoliyatini yangi darajaga ko'tarishga zamin yaratadi hamda Janubiy Koreyaning eng yaxshi ilmiy laboratoriyalarida o'qish imkonini beradi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!