Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Innovatsion rivojlanish vazirining Xorazm Maʼmun akademiyasiga tashrifi


Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Аbduraxmonov Xorazm Maʼmun akademiyasi xodimlari bilan uchrashdi. U bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida juda katta oʼzgarishlar amalga oshirilayotganligini, ushbu oʼzgarishlar va olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 14-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham aks etganligini aytdi. Shu bois Xorazm Maʼmun akademiyasi xodimlari ham ushbu yangilanishlarga oʼz hissasini qoʼshishi lozimligini taʼkidladi. Buning uchun har bir xodim fidoyi boʼlishi, yakdil bir boʼlib vatanimiz ravnaqi uchun ishlashi lozimligini taʼkidladi.

Tashrif davomida vazir Xorazm Maʼmun akademiyasining “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash”, “Don ekinlari va don mahsulotlarining sifatini tahlil qilish”, “Fizik va kimyoviy tadqiqotlar” laboratoriyalarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!