Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish: FA ilmiy tadqiqot institutlari ishlanmalari taqdimoti


O'zR FA Materialshunoslik institutida “Olmaliq KMK” AJ mutaxassislari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-may kuni o'tkazilgan Rayosati majlisi tomonidan tasdiqlangan “Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari tomonidan yaratilgan import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish dasturi”ning bajarilishi masalalari muhokama qilindi.

Mazkur dasturga kiritilgan 10 nomdagi ishlanmalardan 9 tasini “Olmaliq KMK” korxonalarida sanoat sinovlarini o'tkazish va joriy etish belgilangan. Uchrashuv doirasida FA ilmiy tadqiqot institutlari ishlanmalari taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Unda O'zR FA Materialshunoslik instituti, Fizika–texnika instituti ham Yadro fizikasi instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar, xususan, olein kislotasini ishlab chiqarish, texnogen chiqindilardan vanadiy ajratib olish, lak-bo'yoqni polimerizatsiyalash, burg'alash moslamalarini mustahkamligini oshirish, texnogen chiqindilardan nodir metallarni ajratib olish, ichimlik suvini tozalash texnologiyalari, mobil Quyosh stansiyalari, yuqori samarali payvandlash materiallari (flyuslar)”, Radonometr qurilmasi kabi ishlanmalar namoyish etildi. 

Uchrashuv davomida har bir ishlanma bo'yicha olib borilgan ishlar laboratoriya, tajriba-sanoat va sanoat sinovlarining natijalari tahlil qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!