Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatining tanqidiy-tahliliy muhokamasi


Joriy yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov, O‘zR FA rahbar xodimlari va ITM direktorlari hamda yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda 2019-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oliy ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar holatini o‘rganish hamda ommaviy axborot vositalarida tanqidiy muhokama qilishga bag‘ishlangan 5-sonli majlis bayoni hamda 2019-yil 20-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan majlisda belgilangan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

 

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tanqidiy o‘rganish, muhokama qilish hamda uning natijalari yuzasidan ommaviy axborot vositalarida yoritilgan tanqidiy-tahliliy videolavhalar namoyish qilindi. Namoyish etilgan videolavhalar hamda o‘rganish natijalari, xulosalari yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlarining tushuntirish va hisobotlari eshitildi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati, yotoqxonalardagi ahvol, ilmiy faoliyat samaradorligi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy laboratoriyalar, moddiy-texnika bazasi holatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!