Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati


Joriy yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatining tanqidiy muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, O‘zR FA prezidenti, vitse-prezidentlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari hamda yetakchi ilmiy xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda O’zR FA Navoiy bo’limi, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, Arxeologik tadqiqotlar instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Konstrutorlik byurisi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi, Materialshunoslik instituti hamda RT-70 rasadxonasi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

 

Yig’ilish kun tartibida ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati, ilmiy faoliyat samaradorligi oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, yoshlarni ilmga jalb qilish, moddiy-texnika bazasi holatini yaxshilash kabi masalalar ko’rildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!