Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan va yoshlar: maktablarda olimlar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda


Toshkent shahridagi 24-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda fanlar o‘qitilishiga qiziqishni orttirish maqsadida 2022 yil 20 aprel kuni  Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Qahramoni Ayupov Shavkat Abdullayevich, Matematika instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori  Botirov G‘olibjon Isroilovich, Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori  Xudoyberdiyev Abror Xakimovichlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida Sh.Ayupov matematika fanining ahamiyati, rivojlanishi, o‘zbek allomalari va zamonimiz olimlarining fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida suhbatlashildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi va akademik Sh.A.Ayupov tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!