Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda 2019-yil 29-mart kuni zamonaviy o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan atoqli shoir, dramaturg va jamoat arbobining hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. Unda taniqli yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, akademiklar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Anjuman ishida Hamza Hakimzoda Niyoziyning XX asr o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va uning ijodida yangicha mezonlarning qo‘llanilishi, she’riy asarlaridagi obrazlar, shuningdek, o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotida tutgan roli haqida ma’ruzalar tinglandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!