Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Halqasimon Quyosh tutilishi noyob astronomik hodisasi kuzatildi


Bugun, 21-iyun kuni dunyo aholisi Halqasimon Quyosh tutilishi noyob astronomik hodisasiga guvoh bo’lishdi. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi. Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevro Osiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatildi. Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakldagi Halqasimon Quyosh tutilishiga guvoh bo’ldilar.

 

Respublikamizning barcha hududlarida qisman Quyosh tutilishi kuzatildi. Bu hodisa Toshkent vaqti bilan soat 10:01 boshlanib, soat 11:24 da maksimum darajaga yetdi (bunda Quyoshning 51% (0,61) Oy tomonidan to’sildi) va soat 12:51gacha davom etdi.

Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarida ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘sildi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!