Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Gʼoʼzaning yangi istiqbolli “Xurma” navi yaratildi


OʼzR FА Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan gʼoʼzaning Qirgʼiz-3 x АN-510 duragaylarini chatishtirish natijasida yangi istiqbolli “Xurma” navi yaratildi va OʼzR Intellektual mulk agenligi patenti olindi.

Ushbu nav Xorazm viloyatining ekstremal (shoʼrlangan tuproq, mineralizatsiyaga uchragan yer osti suvlari, suv tanqisligi, oʼta yuqori havo harorati) sharoitlariga moslashganligi bilan ajralib turadi. Mazkur nav IV -tipga ega boʼlib, tekstilbobligi bilan jahon standartlari talablariga javob beradi.

“Xurma” navining hosildorligi nazorat navga nisbatan 3 – 3,5 s/ga yuqoriligi va tola sifati yaxshiligi bilan muhimdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!