Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fuqaro murojaatiga koʼra davra suhbati oʼtkazildi


Texnika fanlari nomzodi, dotsent Hamidullo Madazizovning “Yer sayorasida tirik organizmlarning paydo boʼlishi” mavzusidagi ochiq davra suhbatini tashkillashtirish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yoʼllagan murojaatiga asosan Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy tashkilotlararo ochiq davra suhbati tashkil etildi.

  

 Davra suhbatida Mikrobiologiya, Аstronomiya va Zoologiya institutlari ilmiy xodimlari qatnashdilar.

Davra suhbatini Mikrobiologiya instituti direktori, professor Qahramon Davranov ochib berdi. Shundan soʼng davra suhbatini Hamidullo Madazizovning “Yer sayorasida tirik organizmlarning paydo boʼlishi” mavzusidagi maʼruzasi bilan davom ettirdi.

Maʼruza yakunida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan oʼzaro muhokama qilindi va oʼz fikrlarini bildirishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!