Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasiga tegishli bo'lgan veb-saytga qilingan hakerlik hujumi to`g`risidagi xabar bo’yicha ma’lumot


O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot instituti veb-saytiga  (http://instmech.uz/) hakerlik hujumi qilinganligi to’g’risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi (@mvdlife). Ushbu xabar bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O`zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo'lib, mazkur holat Institut mas'ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha topshiriqlar belgilandi.

Saytga qo'yilgan bank plastik kartasi Baboyev Babakulga tegishli ekanligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksining (https://lex.uz/docs/111453) bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik koʼzda tutilgan.

Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga koʼra, oʼzganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming soʼmdan 89 mln 200 ming soʼmgacha miqdorda jarima;

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!