Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasiga Armaniston elchisi tashrif buyurdi


Joriy yil 25-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Armanistonning O'zbekistondagi elchisi Aram Grigoryan tarshrif buyurdi. Mehmonni FA prezidenti B.S.Yuldashev kutib oldi. Uchrashuvda FA bosh ilmiy kotibi hamda vitse-prezidentlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining holati, rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Armanistonning O'zbekistondagi elchisi Aram Grigoryan ikki mamlakat o'rtasida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish istagida ekanligini ta'kidladi hamda samimiy uchrashuv uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!