Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi RАSMIY MUNOSАBАTI


Joriy yil 23-mart kuni “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousida “Bugungi oʼzbek olimlari kimlar? Ular nimalar bilan shugʼullanyapti? Koʼzga koʼringan ishlar qilayotgan olimlar, ularning ishini amalga oshirish uchun nimalar va qanday yordam kerak?” kabi savollarga tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari javob berishdi. Jumladan, koʼrsatuvda biolog-olim Baxtiyor Rasulovning ilmiy laboratoriyalarni jihozlash masalasidagi fikri qirqib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab boʼldi.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 3365-sonli qarori asosida FА ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda.

Jumladan, 2021-yilda Davlatimiz Rahbarining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021 – 2023-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4936-sonli qarori asosida FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi institutida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 3365-sonli qarori asosida Institut tomonidan kerakli asbob-uskunalar xarid qilish uchun talabnoma hujjatlar toʼplami kechiktirilib shakllantirilgan va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritilgan. Hozirda Institut talabiga asosan kerakli laboratoriya jihozlari roʼyxati va hujjatlar Tender komissiyasiga taqdim etilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!