Аvval xabar qilganimizdek, Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida yangi tajriba-eksperimental laboratoriyasi tashkil qilingan edi.
Bugun, 31-mart kuni ushbu laboratoriyaga press-tur tashkil qilindi. Laboratoriyada farmatsevtika, veterinariya, parrandachilik va baliqchilik uchun yangi xususiyatlarga ega mikrob preparatlar yaratish, ularni kichik hajmda ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshiriladi.
Press-tur ishtirokchilari laboratoriya ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Biopreparatning xom-ashyo holatidan tayyor mahsulot holatigacha boʼlgan jarayonlarini kuzatishdi.
Ushbu laboratoriya yangi avlod biopreparatlarini ishlab chiqishda ilk qadamlardan biri boʼlib, bu yoʼnalishdagi ilmiy tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.