Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, ilmiy-maʼrifiy jarayonlarni kengaytirish, aholi va ayniqsa yoshlarni olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, shuningdek, ilmiy-maʼrifiy turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yil 2-mart kuni O'zR FA Materialshunoslik institutida ommaviy axborot vositalari, turistik kompaniyalar va bloggerlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazildi.

 

Ushbu tadbirda ommaviy axborot vositalari, turistik kompaniyalar, blogerlar, bir guruh ko'ngillilar hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda O'zR FA Materialshunoslik instituti, unda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!