Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari oʼrtasida badminton va mini futbol boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi


Joriy yil 4-5-iyun kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi sovrini uchun FА ilmiy tashkilotlari xodimlari oʼrtasida badminton va mini futbol boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi.

 

Unda mini futbol boʼyicha Matematika instituti jamoasi 1-oʼrin, Materialshunoslik instituti jamoasi 2-oʼrin, Yadro fizikasi instituti 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, badminton boʼyicha erkaklar oʼrtasida oʼtkazilgan bellashuvlarda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti 1-oʼrin, Umumiy va noorganik kimyo instituti 2-oʼrin, Yadro fizikasi instituti 3-oʼrin, ayollar oʼrtasidagi bellashuvlarda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti 1-oʼrin, Materialshunoslik instituti 2-oʼrin, Botanika instituti 3-oʼrinni egalladilar.

 

Gʼolib boʼlgan jamoalarga pul mukofotlari, diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi.

Eslatib oʼtamiz, Fanlar akademiyasi tizimida anʼanaviy tarzda oʼtkaziladigan “Аkademiada” sport musobaqalari joriy yil 11-iyun kuni Toshkent Botanika bogʼida oʼtkaziladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!