Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Fan va turmush” jurnalining mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʼishlangan soni nashr etildi


“Fan va turmush” jurnalining 2021-yilgi 1-2 qoʼshma soni chop etildi. Jurnalning bu soni respublikamiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlanadi.

Jurnalning sahifalari “Buyuk ish ezgulikka yoʼl ochadi” nomli maqola bilan boshlanadi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va bevosita boshchiligida amalga oshirilayotgan eng muhim islohotlar xalqimizning yashash va mehnat sharoitlarini tubdan yaxshilash, ularni ish bilan taʼminlash, shunga munosib daromad olishiga qaratilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar orasida eng muhimlaridan biri – “Obod qishloq” dasturidir. Ushbu dasturning maqsadi chekka qishloqlarda, ogʼir sharoitlarda yashab kelayotgan minglab fuqarolarimizni toza ichimlik suvi bilan va ehtiyojiga yarasha uy-joy va ish bilan hamda munosib tibbiy xizmat bilan taʼminlash, hordiq chiqarishlari uchun bogʼu hiyobonlar barpo etish, ularning farzandlariga musiqa va sport inshootlari bilan jihozlangan maktablarda oʼqish imkonini yaratish kabi koʼplab xayrli ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Аna shunday chekka joylardan biri boʼlmish Jizzax viloyatining Mirzachoʼl tumanidagi Gagarin shahrida amalga oshirilgan ishlar.

Prezidentimizning tashabbusi nafaqat oʼzimizning vatandoshlarimizni balki chet el fuqarolarini ham befarq qoldirmadi. Soʼnggi uch yil davomida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Mudofaa qoʼmitasi raisi, “gagarinlik” Vladimir Shamanov Oʼzbekistonga uch marta tashrif buyurdi. Vladimir Shamanov bilan Gagarin shahriga tashrif buyurgan va katta oʼzgarishlarni oʼz koʼzi bilan koʼrgan vatandosh kosmonavtlarimiz Vladimir Djanibekov va Solijon Sharipovlar bu yerda Kosmonavtika muzeyini barpo etishni taklif qilishgan.

Ushbu tashabbus Oʼzbekiston Prezidenti tomonidan qoʼllab-quvvatlandi va Kosmonavtika muzeyini barpo etish 2021-yil aprelda, sayyoramizning birinchi kosmonavti Yuriy Аlekseevich Gagarin parvozining 60 yilligini nishonlash kuni arafasida yakunlandi.

Muzeyning ochilish marosimiga Vladimir Shamanov boshchiligidagi Rossiya Qahramonlari uyushmasi va kosmik sohaning yirik namoyondalari tarkibidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari orasida Rossiya Federatsiyasi qahramonlari – kosmonavt-uchuvchilar Vladimir Djanibekov, Sergey Krikalyov va Solijon Sharipovlar ham bor edi.

Sayyoramizning birinchi kosmonavti nomini olgan shahardagi bu muzey Oʼzbekistondagi kosmonavtikaga bagʼishlangan birinchi muzey boʼldi. Uning eksponatlarida vatandoshlarimiz, olim va muhandis-konstruktorlarimizning ushbu muhim soha rivojiga qoʼshgan hissasi aks ettirilgan.

Jurnalning ushbu soni 72 betdan iborat boʼlib, u juda qiziqarli maqolalar bilan yoritilgan va koʼplab noyob foto suratlar bilan bezatilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!