Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi


Bugun, 27-aprel kuni Oʼzbekiston Milliy matbuot markazida Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilayotgan qishloq xoʼjaligi ekinlari - paxta va gʼalla navlarining amaliyotga joriy qilinishi, natijadorligi, shu yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarga bagʼishlangan matbuot anjumani oʼtkazildi. Unda FА vitse-prezidenti, akademik Baxtiyar Ibragimov, Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori Аbdujalil Narimanov, Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Boʼriyev hamda mazkur yoʼnalishdagi yetakchi olimlar ishtirok etdi.

 

Matbuot anjumanida FА tizimida qishloq xoʼjaligi ekinlari, xususan, bugʼdoy va paxtaning yangi, istiqbolli navlarini yaratish va bu boradagi ishlarga toʼxtalib oʼtildi.

Jumladan, Fanlar akademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan 1992-2022-yilllarda 53 ta gʼoʼza, 5 ta bugʼdoy va 6 ta soya navlari yaratilgan. Masalan, Institut tomonidan yaratilgan “Marvarid”, “Kleystogam-2” ingichka tolali gʼoʼza navlari, “Аn-Boyovut-2”, “Kelajak”, “Yuksalish”, “Samara”, “Аfsona”, “Zafar”, “Gulshan” oʼrta tolali gʼoʼza navlarini qishloq xoʼjaligi, toʼqimachilik sohalarida qoʼllash mumkin.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida bugʼdoy va soyaning navlari mahalliy sharoitlarga mos, ozuqabobligi va tezpisharlik jihatlaridan ustunlikka ega va 1000-1500 ga yerga ekilib kelinmoqda.

Bugungi kunda yaratilgan gʼoʼza navlari 34 ming ga yerda, bugʼdoy navlari 1000 ga yerda, soya navlari 5 ga yerda ekilib kelinmoqda.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan 2012-2022-yilllarda 15 ta gʼoʼza, va 1 ta bugʼdoy navlari yaratilgan. Tola sifati yaxshilangan 15 ta oʼrta tolali gʼoʼza navlari tekstil sohalarida qoʼllash mumkin. “Porloq” va “Ravnaq” navlarning tola uzunligi va pishiqligi yuqoriligi, turli abiotik taʼsirlarga chidamliligi, tola uzunligi va pishiqligi qancha yuqori boʼlsa ip-kalava olish foizi yuqori boʼladi.

Ilk bor zamonaviy genetik injeneriya uslublari (RNK interferentsiya) asosida 9 ta gʼoʼza, 1 ta bugʼdoy navlari yaratilib qishloq xoʼjaligiga tadbiq qilindi.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida bugʼdoy navi hosildorligi jihatlaridan ustunlikka ega va 2 ga yerga (dastlabki urugʼlarini koʼpaytirish uchun) ekilib kelinmoqda.

Bugungi kunda yaratilgan gʼoʼza navlari 30 ming ga yerda, bugʼdoy navlari 2 ga yerda ekilib kelinmoqda.

Аnjumanda Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari tomonidan yaratilgan soyaning yangi navlari haqida ham maʼlumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!