Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanika instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Bexruz Xabibullayev Prezident stipendiyasi sohibi bo’ldi


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Xabibullayev Bexruz Sherboevich Prezident stipendiyasi sohibi bo’ldi.  

U 1989-yil 7-avgustda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. 2010-yilda Termiz davlat universitetining Tabiiyot geografiya fakultetining Biologiya ta'lim yo'nalishiga grant asosida o'qishga qabul qilinib 2014 yilda universitetni imtiyozli tamomlagan. 2014-2016-yillarda Termiz davlat universitetida Biologiya mutaxassisligi bo'yicha magistraturada tahsil olib magistrlik darajasini olgan. 2016-2019-yillarda ushbu universitetni Botanika kafedrasida o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yilda O’zR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi mudiri, b.f.d., professor Shomurodov Habibullo Fayzulloyevich nazariga tushib, ishga taklif etilgan va mazkur institutda o’z ish faoliyatini boshlagan. Bexruz Xabibullayev Institut Yosh olimlar kengashining faol a’zosi bo’lib,  jamoatchilik ishlarida ham, ilmiy yangiliklar yaratishda ham tashabbuskor yosh olimlardan biridir. Uning erishgan yutuqlarining bir qismini quyida havola etamiz:

- 2011-yilda “Landwirtschaft Ökologische Gleichgewicht Osteuropa” xalqaro dasturi bo’yicha Germaniyada 6 oylik o’quv amaliyoti qatnashchisi;

- 2015-yilda DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) stipendiati;

- 2016-2017-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining “Yosh olimlarning akademik harakatchanligi” dasturi grant sovrindori;

- 2019-yil “El-yurt umidi jamg’armasi” stipendiyalar tanlovida g’olibi bo’lib 2019-2020-yillarda Germaniyaning Mixael Zukkov Jamg’armasi da 4 oy malaka oshirib kelgan.

Faoliyati davomida 50 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr etilgan. Monografiya va o'quv metodik ko'rsatmalar hammuallifi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!