Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Boltiq boʼyi davlati bilan hamkorlik


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi va Latviya Respublikasi "BАO" aksiyadorlik jamiyati oʼrtasida oʼzaro kelishuv Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandum “VАO” АJ ning toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarini kiritish yoʼli bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish orqali foydali qazilmalarni, jumladan, donador fosforitlarni qazib olish va qayta ishlash, texnogen hamda maishiy chiqindilarini qayta ishlash, mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Shuningdek, mablagʼlar, mintaqada maʼdan va nomaʼdan minerallar uchun geologiya qidiruv ishlarini olib borish, choʼllanish va tuproq shoʼrlanishining oldini olish maqsadida suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xom-ashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar yaratilishiga yoʼnaltirilishi mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!