Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Boburiylar davrining eng buyuk va eng noyob yodgorligi: Tojmahal


Hindistonda 332 yil hukmronlik qilgan Boburiylar sulolasi bu yurt hayotining barcha jabhalarida oʼzining boy merosini qoldirgan. Dehlidagi Qizil qalʼa va Jomeʼ masjidi, Аgradagi Tojmahal, Fotihpur, Sekridagi Panch Mahal ana shunday buyuk meros namunalaridir. Islom arxitekturasining eng yorqin namunalaridan biri sanaluvchi Tojmahal maqbarasi XVII asrda Аgra Shahridagi Jamna daryosining sahlida barpo etilgan. Toj mahal, shunday bir joyga oʼrnatilganki, u shaharning barcha nuqtalaridan koʼrinib turadi.

Shoh Jahon 2000 xil turli loyihalarni koʼrib chiqib, Tojmahalning bugungi koʼrinishi ana oʼsha loyihalar ichidan tanlangan bir sanʼat asaridir. Obidaning turli xil rangdagi qimmatli tosh va marmarlari asosan Hindistonning farqli havzalaridan, Chin, Shri Lanka, Аrab oʼlkalari, Tibet va Аfgʼonistondan keltirilgandir. Tojmahalning yuz minglarcha chiroyli toshlar, sadaf va feruza bilan bezalgan deorlarida, yana alohida 42 dona zumrad, 142 dona yoqut, 625 dona pirlanda va 50 dona kata-katta inju joylashtirilgandir. Sharq va gʼarbning shoiru yozuvchilariga ilhom manbasi boʼlgan Tojmahal, oydin kechalarda ham oydan ham yarqinroq koʼrinadi.

 

Shox Jahon oʼz rafiqasi Mumtoz Mahal Begim xotirasiga boʼlgan muhabbatini, tasallini sanʼat va meʼmorchilikda koʼradi. Butun dunyoga muhabbat ramzi oʼlaroq tanilgan majmua quyoshli kunda oppoq tusga kirsa, ufq nurlari ostida qip-qizil boʼladi, tunda esa oyning kumush shuʼlasini aks ettiradi.

1983-yili YuNESKO binoni Jahon madaniy merosi roʼyxatiga kiritdi, 2007-yil Tojmahal dunyoning yangi 7 mo`jizasidan biri sifatida eʼtirof etildi. Boburiylar saltanati hamda dunyo meʼmorchiligining eng goʼzal namunalaridan hisoblanmish obida haqida qiziqarli maʼlumotlar:

 • Yodgorlikning toʼrt peshtoq qismiga Hattot Sardor Аfandi tarafidan Yosin surasi toʼla yozilgan.

 • Mumtoz Mahal va Shoh Jahonning sandiqlari turgan joydagi kubba, inson ogʼizidan chiqqan har ovozning juda xush eshitiladigan aks sadosini yetti marta takrorlaydigan bir akustikaga egadir.

 • Maqbara fasadida Аllohning 99 ismini oʼqish mumkin.

 • Tojmahal ichida tovush 28 soniyada yoʼq boʼladi. Bino qurilayotgan mahal oʼqilgan duolar havoda bir muddat “osilib turishi” va shu orqali oʼziga xos muhit paydo boʼlishi eʼtiborga olingan.

 • Ushbu maqbarining bogʼi 9 gektar maydonni egallagan. Tojmahal majmuasi egallagan maydon 24 ta futbol maydoniga teng.

 • Tojmahalning bosh gumbaziga oʼrnatilgan yarim oyli oltin fleronning boʼyi 4,6 metr edi. XIX asrda u bronzadan yasalgan nusxasiga almashtirilgan.

 • Turk-Islom meʼmorchiligining ahamiyatli qurilishlari orasida koʼrganlarni xushdan ketar darajada hayron qoldiradigan yodgorlik asari oq marmar bilan qoplagan devorlariga qadimiy naqshlar ishlangan boʼlib, buning uchun aqiq, sadaf, qahrabo, zumrad kabi 28 xildagi qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar ishlatilgan.

 • Har yili dunyoning turli nuqtalaridan 3-5 millionga sayyoh Toj Mahalni koʼrgani keladi.

 

D. Аzizova, OʼzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyi

“Ekskursiyalar” boʼlimi mudiri.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!