Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Ayolga ehtirom


Yurtimizda xotin-qizlarga ko'rsatilayotgan yuksak hurmat-e'tibor va g'amxo'rlikning samarasi o'laroq, ayollarimiz jamiyatda aytishga arzigulik yutuqlarga erishmoqdalar. Ayollarni e'zozlash, ularga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi.

Jamiyatimizning barcha jabhalarida javlon urib faoliyat ko'rsatayotgan xotin-qizlar har yili davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. Bu yil ham an’anaga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to’g’risida”gi Farmoniga binoan bir qator ayollarimiz taqdirlandilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Rashidova Sayyora Sharafovna “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abidova Muxabbat Fazilovna va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik Aripova Tamaraxon Uktamovna “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, Xorazm Ma’mun akademiyasi Janubiy Orolbo‘yi tarixiy me’moriy yodgorliklarini sinash va ta’mirlash laboratoriyasi mudiri Durdieva Gavxar Salaevna “Do‘stlik” ordeni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi laboratoriya mudiri Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Shuningdek, ilm-fan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shgan marhum akademiklarning turmush o’rtoqlari Salaxitdinova Muxarram (Mahmud Salaxitdinov) va Xabibullaeva Eleonora Raxmatjanovna (Xabibullayev Po‘lat Qirg‘izbayevich) “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, Musaeva Sayyora (Musayev Jura Azimbayevich) Sharifxodjaeva Lolaxon Usmanovna (Sharifxodjayev Murat Sharifxodjayevich) “Do‘stlik” ordeni bilan munosib taqdirlandilar.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan yuksak mukofot sohibalarini chin qalbimizdan qutlaymiz!

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!