Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Axborot xizmati vakillari uchun o‘quv seminari


Joriy yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat vazirliklari, idora va tashkilotlari Axborot xizmati rahbarlari uchun buyuk britaniyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarda raqamli kommunikatsiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlarning kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, rejalashtirish va takomillashtirish usullari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar turli so‘rovnomalar hamda interaktiv o‘yinlar orqali o‘zaro fikr va tajriba almashishdi. Ushbu o‘quv seminar juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va bunday seminarlar o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun xizmat qiladi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!