Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish yo’lida


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutuning ilmiy xodimlari M.Saidov, Sh.Pardayevlar Mark Plank Instituti Jamiyat tarixi fanlari Arxeologiya departamenti tomonidan tashkil etilgan “INTERNATIONAL APPLICATION OF ARCHAEOLOGICAL SCIENCE” mavzusidagi xalqaro oʻquv-amaliy kursida ishtirok etmoqdalar. Maks Plank Institutining Arxeologiya departamentida arxeologiyada yangi fanlararo uslublarni ishlab chiqish va qoʻllash ustuvor vazifa hisoblanib, anʼanaviy dala tadqiqotlari zamonaviy ilgʻor usullar bilan uygʻunlashtirib kelinmoqda.

 

Kurs davomida Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Shri Lanka, Keniya, Zambiya, Vetnam kabi davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislarni arxeologik tadqiqotlarda arxeobotanika, arxeozoologiya, geoarxeologiya, statistik tahlil, izotoplar tahlili, osteologiya, geografik informatsion tizim (GIS) kabilarni qoʻllash, bu boradagi uslub va usul haqida koʻnikmalarga ega boʻlishlari nazarda tutilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!