Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun 3,5 million AQSh dollarlik loyiha imzolandi


2019-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Koreya Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi o‘rtasida Ipak yo‘li madaniy merosini tadqiq etish va saqlash bo‘yicha Kelishuv Memorandumi imzolandi.

  

Ushbu Memorandumga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni konservatsiya qilish orqali turizmni rivojlantirish uchun xodimlar salohiyatini kuchaytirish” deb atalgan va budjeti 3,5 million AQSh dollariga teng loyihaning amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Loyiha birinchi o‘rinda Ipak yo‘li madaniy merosining saqlanishi va tadqiq etilishi sohasida ma’lumot va ko‘nikma almashuvi, arxeologik tadqiqotlar orqali turizmni rivojlantirish hamda O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti qoshidagi arxeologik topilmalarni rastavratsiya va konservatsiya qilishi bo‘qicha laboratoriyasini uskuna-jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ushbu Kelishuv Memorandumi bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha nafaqat O‘zbekiston ilmiy salohiyatini kuchaytirishda, balki tadqiqot infratuzilmasini yaratishda va yurtimizning Markaziy Osiyo qadimgi hududlari, xususan, Koreya bilan madaniy aloqalarini tiklashga yo‘l ochadi.   


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!