Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Amir Temur tavalludining 686 yilligi keng nishonlanmoqda


Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasi   O’zbekiston tarixi davlat muzeyida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

Tadbirda O’zMU o’qituvchisi, t.f.f.d(PhD) Otabek Alimardonov, Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti Jalilova Nilufar va Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti Mamatov Jasur Asatullayevich o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy -akademik litseyi o’quvchilari, Toshkent shahrining 256-maktab o’quvchilari, 17-sonli internat san’at maktabi o’quvchilari hamda, 260-maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va kuy-qo’shiqlari namoyish etildi.

Muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar O’zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozitsiya va ko’rgazma zallarida namoyish etilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!