Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi


O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan  tizim va hujayra darajasida o‘simlik moddalarining xususiyatlari har tomonlama tadqiq qilinadi. Fanlar akademiyasining boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda turli xom-ashyolardan olingan 80 dan ortiq mahalliy vositalar o‘rganilgan va shulardan 2 tasi istiqbolli bo‘lib, dori vositalari ishlab chiqildi.

 O‘zbekistonda birinchi marta qoraqiz ekstraktining flavonoid fraktsiyasidan ajratilgan allergiyaga qarshi “Allergodaf” hamda qoraqiz ekstraktining polisaxaridlari asosida yangi immunitetga ta’sir etuvchi “Immunokor” dori vositalari ishlab chiqildi. Hozirda ular klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!