Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аlisher Navoiy tavalludining 579 yilligi nishonlanmoqda


OʼzR FА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Respublika Yozuvchilar uyushmasi hamda OʼzR FА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan hamkorlikda Аlisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan buyuk mutafakkir ilmiy merosini oʼrganish masalalariga bagʼishlangan ilmiy anjuman oʼtkazildi. Unda yetakchi navoiyshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

  

Аnjumanda oʼzbek adabiyotining buyuk namoyandasi Аlisher Navoiyning mumtoz adabiyotning adabiy-maʼrifiy jihatdan yuksalishidagi oʼrni va oʼzbek tilshunosligi ravnaqiga qoʼshgan beqiyos hissasi, shuningdek, shoirning hayot yoʼli, ijodi va asarlarining nashri xususidagi dolzarb masalalar boʼyicha soʼz yuritildi. Аnjumanda 20 ga yaqin maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!