Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Alisher Navoiy dahosi


O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida  buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy dahosi” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Ilmiy seminarda ilmiy-tadqiqot muaassasalari ilmiy xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, respublikadagi soha mutaxassislari, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar  ishtirok etdilar.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarori eʼlon qilindi. Qarorda alloma shaxsiyati, ijodiy merosining mavzu ko‘lami, badiiyati, asarlari qo‘lyozmalarining tarqalish geografiyasiga oid tadqiqot va ilmiy anjumanlarni tashkil qilish, asarlarida kuylangan mavzularning hozirgi zamon bilan bog‘liqligi yuzasidan keng jamoatchilik, xususan, yoshlarga maʼlumot berish belgilab berilgan.

Mazkur qarorga muvofiq, ilmiy seminarda Alisher Navoiy asarlarining yaratilish tarixi, nodir qo‘lyozmalari, asarlari badiiyati va zamondoshlari asarlaridagi eʼtiroflari bilan bog‘liq mavzularda maʼruzalar qilindi.

 

Seminar nihoyasida tinglangan maʼruzalar bo‘yicha muhokama o‘tkazilib,  Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodiy merosi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan mavzular yuzasidan qator fikrlar bildirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!