O'zbekiston ilm-fani og'ir judolikka uchradi.
Respublikamizda mexanika sohasi rivojlanishida katta hissa qo'shgan yetuk olim, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi”, Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O’zR FA akademigi Tursunbay Rashidov 86 yoshida vafot etdi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Tursunbay Rashidovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Akademik Tursunbay Rashidovning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.