Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аkademik Shuhrat Egamberdiyev Аndijonda yoshlar bilan uchrashdi


Shu yilning 18-aprelida akademik Sh.А.Egamberdiyev Аndijon viloyati Marhamat tumani iqtidorli yoshlari va maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari hamda targʼibotchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv mahalliy tadbirkorlar tomonidan Marhamat shahrida barpo etilgan hashamatli kutubxonada tashkil etildi.

  

Uchrashuvda akademik mamlakatimizda ilm-fan holati va istiqbollari toʼgʼrisida maʼruza-taqdimot qildi. Oʼzbekiston Prezidenti muhtaram Sh.M.Mirziyoyevning ilm-fan rivojiga va olimlarimizga alohida eʼtibor koʼrsatayotganligini alohida taʼkidlab oʼtdi.

Maʼruza-taqdimotda kosmik soha va astronomiya fanining istiqbollari, xususan Maydanak observatoriyasi hamda Suffa yassitogʼida barpo etilajak RT-70 radioobservatoriyalari haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv soʼngida akademik Sh.Egamberdiyev yoshlarni qiziqtirgan koʼplab savollarga javob berdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!