Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Akademik seminar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-matematika va texnika fanlari” bo‘limi tomonidan U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida akademik seminar tashkil etildi. Unda O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimlari, doktorant va tadqiqotchilar hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti talabalari ishtirok etishdi. 

Seminarda O‘zR FA akademigi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti professori Tursunbay Rashidovning “O‘zbekistonda seysmik xafvsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalar” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

  

Shundan so‘ng Kaliforniya universiteti (Berkli, AQSh) “Structures Laboratory” mudiri yuqori malakali muhandis, PhD  Shaxzod Taxirov “AQShda inshootlar seysmik mustahkamligining hozirgi holati” mavzusida ma’ruza qildi. Ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi. Seminar so’ngida “Structures Laboratory”ning faoliyati, olib borilgan eksperementlar yuzasidan tayyorlangan video roliklar namoyish etildi.  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!