Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Ravshan Sabirov bilan onlayn suhbat o’tkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni biofizik, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Sabirov Ravshan Zairovich bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biloglar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi.

Akademik Ravshan Sabirov o’quvchilarga o’zining maktab va talabalik davrlari, ilmiy izlanishlari, xorijlik olimlar bilan hamkorlik aloqalari haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda akademik Ravshan Sabirovga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!