Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

18-may – Xalqaro muzeylar kuni


2019-yil 18-may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan  O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Muzey oqshomi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Hunarmandlar” uyushmasi, Yunusobod tuman hokimiyati,  “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi a’zolarining ko‘rgazma-yarmarkasi, tasviriy san’at va kashtachilik yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

 

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya  oliy maktabi talabalari ijrosida raqslar, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tasarrufidagi “Temurbek maktabi” harbiy akademik litseylari o‘quvchilari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda Toshkent muzeyi asosida tashkil etilgan. 1943-yildan Fanlar akademiyasi tasarrufida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Muzeyning asosiy ilmiy-madaniy faoliyati tarixiy-madaniy merosni to‘plash, saqlash, hujjatlashtirish, o‘rganish va o‘zbek davlatchiligi tarixi, madaniyati va uning yaratuvchanlik faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi ekspozitsiyalar yaratish, ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etish, milliy g‘oyani shakllantirishda ta’lim tizimi bilan hamkorlikda o‘ziga xos ma’rifiy-madaniy jarayonlarni takomillashtirishdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!