Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

11-noyabr kuni nodir astronomik hodisa kuzatiladi


2019-yil 11-noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi.

 

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika  va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!