Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“O‘zbekiston fizika” jurnali


“O‘zbekiston fizika jurnali” ilmiy jurnalining asoschisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1957-yildan chiqa boshlagan. 2006-yil 22-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan.Guvohnoma №0044. ISSN 1025-8817.

“O‘zbekiston fizika jurnali” fizika sohasiga ixtisoslashtirilgan respublikadagi yagona maxsus jurnal hisoblanib, fizika fanining turli yo‘nalishlaridagi ishlanmalari va barcha yo‘nalishdagi tadqiqotlarni qamrab oladi: astronomiya va kosmik tadqiqotlar, yuqori energiya va elementar zarrachalar fizikasi, yadro fizikasi, kondensiyalangan muhit fizikasi va materialshunoslik, optika va spektroskopiya , lazer fizikasi, akustika, sirt fizikasi va b.

Nashr tili. Rus, ingliz

Jurnalning maqsad va vazifasi. Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining doktorantlari va magistrlari, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni fizika sohasidagi yangiliklar, yutuqlar va so‘nggi ishlanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.

Mutaxassisligi. Jurnalda fizika sohasida olib borilayotgan original ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayyorlangan maqolalar chop etiladi.

Jurnalning aloxida xususiyatlari. Jurnal fizika fanining asosiy yo‘nalishlaridagi barcha tadqiqotlarni qamrab oladi.

Respublika institutlari bazasida o‘tkazilgan respublikadagi xalqaro va maxalliy, simpozium va konferensiyalar materiallariga bag‘ishlangan maxsus sonlar chop etiladi.

Tarqatilish hududi–Jurnal Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti tomonidan faqat obunachilarga yetkaziladi.

Moliyalashtirish manbai – budjetdan tashqari mablag‘lar va obunachilar hisobidan.

Bosh muharrir

Zaxidov Erkin Agzamovich

Tug‘ilgan kuni: 1-avgust 1955y.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent sh.

Yo‘nalishi: fizika-matematika

U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, laboratoriya mudiri (2016-yildan- h.v.)

fizika-matematika fanlari doktori, professor

Ilm sohasi fizika

1955-yil 1-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1977-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.

200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Manzil:

100125, O'zbekiston, Toshkent, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 33

Telefon:

(+99871) 262-31-69

Faks:

(+998-71) 262-32-57

E-mail:

info@iplt.uz

Sayt:

iplt.uz/ru/uzbekskiy-fizicheskiy-zhurnal


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!