Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

«Mexanika muammolari» jurnali


«Mexanika muammolari» O‘zbekiston jurnalining ta’sis etuvchisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1992 yildan beri chop etiladi, 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligidan qayta ro‘yhatdan o‘tkazilgan (sertifikat №0050, ISSN 2010-7250).

Jurnalda umumiy mexanika, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, suyuqliklar, plazmalar va gazlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi va mexanikaning turli soxalarda (qurilish, suv muammolari, engil sanoat mexanikasi, qishloq ho‘jaligi mashinalari, avtotransport, temir yo‘l soxalarida) qo‘llanilishi, sanoat korxonalarining mexanika bo‘yicha maqolalari an’anaviy nashr etiladi.

Nashr tili. O‘zbek, Rus va Ingliz tillari.

Jurnalning maqsadi – ilm-fan rivojiga yordam berish uchun, mexanika va uning tatbiqi sohasidagi yangiliklarni, tadqiqotlar natijalarini, yutuqlarini va yangi g‘oyalarini ilmiy xodimlarga, mutaxassislar, magistrlar, doktorantlar, fan va texnika soxasida o‘zaro bog‘langan mutaxassislarga etkazishdan iboratdir.

Asosiy vazifasi:

  • Mexanika va uning tatbiqi soxasidagi yurtimiz va xorijiy olimlarning ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy va eksperimental faoliyati natijalarini aks ettirish;

  • Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilar, ITI va ishlab chiqarish hodimlarini tadqiqotlar natijalari balan tanishtirish;

  • Ilmiy tashkiliy muhit tashkil etish va O‘zbekiston fani asosiy yutuqlarini targ‘ib etish;

  • Fanda dunyoning yaqin va uzoq xorijiy davlatlari hamkasblari orasida mavaffaqiyatlar va tajribalar almashish;

  • Yuqori darajadagi mutaxassis hisoblanuvchi, obro‘ qozongan mualliflarni jurnalda maqola chop etishga jalb qilish;

  • Rossiya va horijiy mashhur mutaxassislarni jalb qilib taxririyatni va retsenzentlar guruxini kengaytirish;

  • Halqaro ma’lumotlar bazasiga qo‘shish;

  • O‘zbekistonda va xorijda jurnalning hammabop va ochiqligi oshirish.

Ixtisosligi. Jurnalda mexanika va uning tatbiqi soxasidagi maqolalar nashr etiladi.

Jurnalning o‘ziga xosligi. Jurnal umumiy mexanika, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, suyuqliklar, plazmalar va gazlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi va mexanikaning turli soxalarda (qurilish, suv muammolari, engil sanoat mexanikasi, qishloq ho‘jaligi mashinalari, avtotransport, temir yo‘l soxalarida) qo‘llanilishidagi hamma asosiy yo‘nalish tadqiqotlarini qamrab oladi. Texnogen va tabiiy xarakterdagi favqulodda holatlarda xavfni kamaytirish, baholash bo‘yicha tavsiyanomalar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa.). Maxsus sonlarida jurnalning tematikasi bo‘yicha alohida ilmiy-texnik muammolarga bag‘ishlangan, jumladan halqaro konferensiya, simpozium va seminarlar materiallari chop etiladi. Alohida rubrika ostida yosh olimlarning maqolalari, ilmiy axborotlar, mexanika yangiliklari (xronika) chop etiladi. Jurnal texnika va fizika-matematika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun tadqiqotchilarning maqolalari chop etiladigan mexanika sohasidagi O‘zbekistonning asosiy ilmiy nashri hisoblanadi.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasining barcha regionlari bo‘yicha tarqatiladi.

Mablag‘ bilan ta’minlaganligi – jurnal o‘z o‘zini qoplash hisobiga ishlaydi.

Bosh muharrir

Rashidov Tursunbay

Tug‘ulgan yili: 1934 yil 25 may,

Tug‘ulgan joyi: Toshkent shahri,

Yo‘nalishi: Mexanika,

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori. Murakkab tarmoqli er osti inshootlari seysmodinamik nazariyasining asoschisi va muallifi, respublikada seysmik mustahkamlik ilmiy maktabining rahbari, mexanika sohasidagi har tomonlama ilmiy izlanishlarni va uning natijalarini xalq ho‘jaligiga tadbiq qilishning tashkilotchisi, O‘zbekistonda fan, texnika va oliy ta’limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan jamoat arbobi.

T.Rashidov 1934 yil 27 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1951 yili O‘rta Osiyo Davlat (O‘zbekiston Milliy) universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1956 yilda «Mexanika» mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Universitetni tugatgach, akademik M.T.O‘rozboev rahbarligida aspiranturani o‘tadi va 1959 yili aspiranturani tugatgach, O‘zR Fanlar akademiyasining  Mexanika institutiga yo‘llanma bo‘yicha ishga kirdi, u erda kichik ilmiy xodim lavozimidan(1959 yil) to institut direktori (1966 yil 26 apreli-1974 yilgacha) lavozimigacha ko‘tarildi. 1959 yildan buyon uzluksiz shu institutning «Seysmodinamika» bo‘limiga rahbarlik qilmoqda. T.Rashidovning dastlabki ishlari binolar va uzun er osti quvurlarining seysmik kuchlar ta’siridan tebranishi masalalariga qaratilgan bo‘lib, grunt bilan inshootning o‘zaro nisbiy aloqadorligini hisobga olgan holda seysmik mustahkamlik dinamik masalalarini echishga bag‘ishlangan.

T.Rashidov 17 monografiya, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan bir qancha mualliflik guvohnomalariga ega, 50 dan ortiq ilmiy asarlar va to‘plamlarga mas’ul muharrirlik qilgan, uning bevosita rahbarligida 6 ta fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari va PhD tayyorlangan. SHogirdlaridan 5 kishi O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 15 kishi esa YOshlar tashkilotining fan va texnika sohasidagi mukofotiga sazovor bo‘lishgan. SHogirdlarining ko‘pchiligi viloyat va shahar hokimiyatlari hamda yirik korxonalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va kafedra mudirlari bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Abu Rayxon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat va sobiq Ittifoq Vazirlar Mahkamasi qurilish yo‘nalishidagi mukofotining sovrindori. 2018 yil «Mehnat Shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Manzil:

100125, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko’chasi 31

Telefon:

(+998-71) 262-78-34

Faks:

(+998-71) 262-71-32

E-mail:

tur.rashidov@list.ru

Sayt: http://www.ujpm.uz

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!