Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Katta adron kollayderda oʻtkazilayotgan fizik tadqiqotlarga bagʻishlangan konferensiya ochilishi


2018 yil 12 sentyabr kuni “Oʻzbekiston” mehmonxonasi anjumanlar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, OʻzR FA Yadro fizikasi instituti, Samarqand davlat universiteti, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya, Dubna sh.) hamda Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (Shveysariya, Jeneva sh.) hamkorligida tashkil qilingan “Katta adron kollayderida oʻtkazilayotgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Konferensiya ishida 9 mamlakatdan 60 dan ortiq olimlar ishitrok etmoqda. Mehmonlar AQSH, Fransiya, Italiya, Shveysariya, Hindiston (17 kishi), shuningdek, Rossiya, Ukraina, Belorusiya kabi hamdoʻstlik mamlakatlaridan (45 kishi) taklif qilingan. Oʻzbekiston olimlarining yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi sohasidagi ilmiy ishlari yuqori mavqega ega boʻlib, jahon ilm-fan ahlida katta qiziqish uygʻotmoqda. Konferensiyada respublikamizning Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Jizzax shaharlari ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlaridan ham 30 dan ortiq vakillar qatnashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu konferensiya 12-15 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadi.
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!