Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar boʼyicha respublika kengashi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari boʼyicha kengashining qarorlariga muvofiq 2021-yilda berilishi rejalashtirilgan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalarni taqdim etish muddati 2022-yilning 25-yanvariga qadar uzaytirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga taqdim etiladigan ishlarga qoʼyiladigan talablar bilan tanishish va zarur boʼlgan hujjatlarni tayyorlash bilan bogʼliq masalalar boʼyicha quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti boʼyicha:
100047, Toshkent shahri,
Yahyo Gʼulomov koʼchasi, 70-uy, 317-xona.
Tel.: 71 – 233-59-46, 71 – 236-77-07.
Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti boʼyicha:
100011, Toshkent shahri,
Аlisher Navoiy koʼchasi, 30-uy, 308-xona.
Tel.: 71 – 244-41-60, 71 - 244-41-62.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Fan va texnologiyalar boʼyicha respublika kengashi hamda
Oʼzbekiston Respublikasining Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi
davlat mukofotlari boʼyicha kengashi.