Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yosh olimlar nimadan norozi?” maqolasida keltirilgan vajlar asoslimi?


Kuni kecha human.uz axborot portalida (https://human.uz/site/inner/6979) “Yosh olimlar nimadan norozi?” nomli maqola chop etildi.

Unga ko'ra, b.f.d. Tohir Bozorov  Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutining Zangiotada joylashgan katta tajriba dala maydoni olib qo'yilgani va odamlarga ekin uchun berib yuborilgani haqida yozgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019-yil 21-sentyabr kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va viloyat faollari bilan o'tkazilgan majlis bayoniga binoan bir nechta tashkilotlar, shu jumladan, O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutining 30,2 gektar yer maydonlari Toshkent viloyatida g'alla klaster tizimini rivojlantirish maqsadida tuman hokimligi zaxirasiga o'tkazilgan.

Shu bilan birga, bugungi kunda O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutining Zangiota tajriba bazasida 12 ga, Do'rmon tajriba bazasida 10 ga, Piskent tajriba stantsiyasida 20 ga yer maydonlari mavjud bo'lib, olimlarimizning dala eksperiment ishlarini o'tkazish uchun yetarli. 

Maqolada keltirilishicha, “Ma'lumki, tomchilatib sug'orish tizimlarini qo'llash bu davr talabidir. Bu borada qanchadan qancha prezidentimiz farmonlari va hukumat qarorlari chiqarildi. O’sha tajriba maydonimizda xitoylik institut hamkori yordamida 5 gektar yerga tajribalar o'tkazish maqsadida tomchilatib sug'orish tizimi o'rnatilgan edi. O'sha yer ham olib qo’yilgan yerlar qatoridadir” deb ta'kidlangani to'g'ri emas, sababi bu yerlar Institut balansida qoldirilgan va 2021-yilda qayta ta'mirlanib, yana tajriba-sinovlar o'tkaziladi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2018-yilning 6-aprel kuni  Fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida ilm-fan namoyondalari bilan  o'tkazilgan uchrashuvida  “Respublika ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining samarali ilmiy faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj bo'lgan olimlari hamda istiqbolli yosh izlanuvchilarini imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar” rejasini ishlab chiqish bo'yicha topshiriq berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va Respublika Bosh vaziri A.N.Aripov tomonidan 2018-yil 14-iyunda tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasi ko’ra – “Fanlar akademiyasining Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti balansidagi (Toshkent viloyati, Qibray tumani) hududda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va Boshqaruv apparati xodimlari uchun 1 ta ko'p qavatli turar joy binosi qurilishi uchun hamda har bir Institut uchun bittadan, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti uchun ikkita va Boshqaruv apparati xodimlari uchun beshta, jami 30 ta namunali loyiha asosidagi uylarni qurish uchun Qibray tumani hokimining 2019-yil 5-fevraldagi qaroriga muvofiq yer maydoni ajratilib, barcha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda qurilish ishlarini boshlashga ruxsat berilgan.

Maqolada keltirilganidek, namunali loyiha asosidagi uylar sug'oriladigan maydonlariga hamda “O'ziga yaxshi yerni olib, boshqalarga (yoshlar va ularning oilalariga) radioaktiv hududdan joy ajratgan”  yosh olimlarga ko'p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan yerda emas, balki tashlandiq holga kelgan bog' hamda avariya holatidagi eski binolar o'rniga qurilmoqda.  

Shuningdek, “yaqinda fundament o'rni radiometr (radioaktivlikni o'lchaydigan asbob) bilan o'lchanganda yana radioaktivlik qayd etilibdi”. Bu masala yuzasidan uy-joy qurilishidan oldin ushbu hududda tekshiruv ishlari olib borilgan va Maxsus davlat komissiyasi xulosasi olingan.

Xulosa o'rnida shu aytish mumkinki, “Yosh olimlar nimadan norozi?” maqolasida keltirilgan vajlar tekshirilmasdan, asoslari o'rganilmasdan OAV prinsiplariga zid ravishda e'lon qilinmoqda. Bu esa OAVga bo'lgan ishonchni so'ndirishi mumkinligini eslatib o'tamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!