A single telephone number
  (+998) 71 2000036
;    
Helpline
  (+998) 71 2335623

Dunyoning taniqli fizik olimlari Samarqandda to`plandi


“Katta adron kollayderida oʻtkazilayotgan fizik tadqiqotlar” mavzusida Xalqaro konferensiya ishtirokchilari 2018 yil 13-sentyabr kuni Samarqand shahriga ham tashrif buyurishdi. Dastlab Samarqand davlat universitetida konferensiyaning navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Soʻngra konferensiya ishtirokchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini borib koʻrishdi. Yurtimizdagi boy tarix va madaniyatga ega shaharlar orasida Samarqandning alohida oʻrni bor. Qadimiy va hamisha navqiron, yer yuzining sayqali, Sharq gavhari degan taʼrifu tavsiflarga sazovor boʻlgan bu shahar azaldan ilm-­fan, savdo va hunarmandchilik markazi boʻlib kelgan. Bu yerda xalqimizning yuksak aql ­zakovati, bunyodkorlik salohiyatini butun dunyoga tarannum etgan buyuk siymolar kamol topgan.



Eslatib oʻtamiz, Samarqand Davlat universiteti Oʻzbekistonning eng keksa universitetlaridan biri hisoblanadi. Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy izlanishlar yadro fizikasi kafedrasi va yadro-fizikasi laboratoriyasida olib boriladi. Mikrotronda olinadigan tezlatilgan elektronlar dastasi, gamma-kvantlar va fotoneytronlar oqimi va 300 metrli yer osti kanali mavjudligi fanning turli yoʻnalishlariga, texnika va ishlab chiqarish tarmoqlariga zarur boʻlgan noyob eksperimentlar oʻtkazish va jahon miqyosidagi ilmiy natijalar olish imkonini beradi.





 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!