O'zR FA Zoologiya instituti tomonidan 2020-yil 15-16-oktyabr kunlari “O'zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida II-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. Konferensiya yalpi majlisini O'zR FA Zoologiya instituti direktori B.R. Xolmatov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Yalpi majlisdan so'ng konferensiya umurtqasiz hayvonlar faunasining sistematikasi va zamonaviy holati, parazitizmning biologik asoslari, biozararlanishning dolzarb muammolari, gidrobiontlar ekologiyasi, ixtiofauna genofondi va baliq resurslarini baholash, quruqlik umurtqali hayvonlari faunasining zamonaviy holati, ularning resusrlaridan oqilona foydalanish masalalari, O'zbekistondagi kamyob, yo'qolish arafasida turgan, kam o'rganilgan hayvonlar va ularni saqlash masalalari yo'nalishlarida ma'ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.