Xorazm Ma’mun akademiyasiga Bolgariya Respublikasining "PAULOWNIA BG" MChJ rahbari Jan DURALOV hamda Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida Ma’mun akademiya rahbariyati, ilmiy xodimlar hamda yosh tadqiqotchi olimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Martabali mehmonga akademiya tarixi, hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda kelgusida rejalashtirilgan tadqiqot ishlari bilan tanishtirildi. Uchrashuv mobaynida Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda "PAULOWNIA BG" MChJ oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik memorandumida mintaqaning ekologik muammolarini hal etishga qaratilgan qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yoʻnalishlarida oʻzaro sheriklik va hamkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tenglik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, tomonlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar va tajriba almashishni yanada mustahkamlash va rivojlantirish kelishib olindi. Uchrashuvdan soʻng mehmonlar akademiya laboratoriyalari, ularda olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan, kutubxona hamda “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.