Xivaning qadimiy minoralari oʼrganilmoqda

Qadimiy Xorazm meʼmorchiligida alohida ahamiyatga ega boʼlgan Xiva minoralarining qurilish usullari, meʼmorchilik kompozitsiyasi, qurilish ashyolari, bunyod etilish tarixi, yer ustki va yer ostki qismlarining qurilmalari ilmiy izchillikda hamda chuqur tahlil qilinmoqda. Аynan, Xorazm Maʼmun akademiyasi doktoranti Kahramon Saburovning “Jahonga mashhur Xiva minoralarining barqarorligini taʼminlash mezonlarini ishlab chiqish” ilmiy mavzusi doirasida qadimiy minoralar tiklashning umumiy qonuniyatlari, turli indikatorlari boʼyicha oʼziga xos xususiyatlari oʼrganilmoqda.

 

 

Xorazm Maʼmun akademiyasining “Janubiy Orolboʼyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarining qurilish materiallarini sinash va taʼmirlash laboratoriyasi” ilmiy xodimlari tomonidan shu kunlarda Xiva shahrining qadimiy minoralarining (Bikajon Bika madrasasi, Shayx Mavlon bobo, Shohimardon majmuasi) yer ostki va yer ustki konstruktiv holatlarini monitoring qilish ishlari olib borilmoqda. Minoralar texnik holati boʼyicha innovatsion maʼlumotlar bazasi shakllantirildi, aynan baza boʼyicha zamonaviy “Auto CAD” dasturida 3 oʼlchamli obyektni “3 ds Max” dasturi orqali yaratish boʼyicha amaliy ishlar yakunlanmoqda.

Xivadagi qaysi tarixiy obida boʼyicha ilmiy tadqiqot oʼtkazilmasin parallel ravishda tadqiqotchi Bekzod Xudayberganovning ham yogʼoch konstruktsiyalarning turli xususiyatlarini oʼrganishga doir monitoring kuzatuv ishlari ham davom etmoqda.