Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi tomonidan “Xiva xonligi voqeotlari” (Birinchi kitob va Ikkinchi kitob) deb nomlangan kitob nashr qilindi.
Ushbu kitobda Xiva xonligi hududida XVII – XIX asrlar va XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeotlar, xonlik hududida kechgan hayotiy jarayonlar o‘sha davrlarda ijod qilgan Xorazm tarixnavisligining yetuk namoyondalari Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon va uning farzandlari, Xiva xonligi miroblari shoir, tarixchi va tarjimonlar Shermuhammad Munis, uning zamondoshi va yaqin qarindoshi Muhammad Rizo Ogahiy, shuningdek, tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniylar tomonidan Xiva xonligi va xonlari tarixini yorituvchi noyob tarixiy asarlari hamda mualliflar tomonidan mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar orqali yoritilib beriladi.
Kitob oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, maktab o‘quvchilari, shuningdek, Xiva tarixiga qiziquvchi keng omma uchun mo‘ljallangan.